Yangi: AI avto-javob

Beshta ilova o'rniga — bitta kabinet

Statistika tarqoq, kommentlar javobsiz, g'olib qo'lda tanlanadi, sotuv yozishmada yo'qoladi. SocialPulse hammasini bitta joyga yig'adi: ko'rasiz, javob berasiz, o'ynatasiz, sotasiz.

Karta so'ralmaydi. Hozircha to'liq bepul.

5
tarmoq bitta kabinetda
3
til: o'zbek, rus, ingliz
24/7
avto-javob, siz uxlaganda ham
0
so'm — hozircha bepul

Ertalab bitta sahifa ochasiz — va hammasi ko'rinadi

Har bir bo'lim alohida ilovaning o'rnini bosadi. Hammasi bitta kabinetda, bir-biriga bog'langan holda ishlaydi.

Bitta joyda butun statistika

Obunachilar, ko'rishlar, jalb qilish darajasi va qaysi post ishlagani — barcha tarmoq bo'yicha bitta jadvalda.

Kommentlar va xabarlar bitta lentada

Instagram, Telegram va YouTube'dan kelgan hamma savol bitta ro'yxatda. Eng uzoq kutgani tepada turadi.

Avto-javob — siz uxlaganda ham

«Narxi qancha?» degan kommentga o'zi javob beradi. Kalit so'z qoidalari, ish vaqti va ixtiyoriy AI.

Halol qur'a — isboti bilan

G'olib tasodifiy tanlanadi va natija qayta tekshiriladi: bir xil ro'yxat va kalit doim bir xil g'olibni beradi.

Buyurtma yozishmada yo'qolmaydi

Mahsulot katalogi, link-in-bio mini do'kon va buyurtma voronkasi. Qaysi post sotuv keltirgani ko'rinadi.

Haftalik hisobot Telegram'ga

Har dushanba: nima o'zgardi va nima qilish kerak. Keskin pasayish yoki salbiy komment bo'lsa — darhol signal.

Qaysi tarmoq bugun ishlaydi

Bu yerda bo'yab ko'rsatmaymiz: har tarmoq o'z API'si ruxsat bergan narsanigina beradi. Meta va TikTok ilova ko'rigini talab qiladi — ariza topshirilgan.

  • Ishlaydi

    Telegram

    A'zolar soni, postlar, guruh kommentlari, bot orqali avto-javob

  • Ishlaydi

    YouTube

    Obunachilar, video statistikasi, kommentlar va ularga javob

  • Ko'rik kutilmoqda

    Instagram

    Insights, kommentlar, qur'a. Business yoki Creator akkaunt kerak

  • Ko'rik kutilmoqda

    Facebook

    Sahifa statistikasi, kommentlar, Messenger

  • Ko'rik kutilmoqda

    TikTok

    Profil va video statistikasi. Komment API'sini TikTok bermaydi

Narx

Mahsulot hali o'sib bormoqda, shuning uchun hozir to'lov olinmaydi. Tarif joriy qilinsa, oldindan xabar beramiz.

Boshlang'ich
Bepul
Barcha bo'limlar, cheklovsiz
  • Cheklovsiz akkaunt va post
  • Barcha bo'limlar: analitika, inbox, qur'a, savdo, CRM
  • O'zbek, rus va ingliz tillari
  • Ma'lumotlaringizni istalgan vaqtda olib chiqasiz
Kabinet ochish

Bugun Telegram kanalingizni ulab ko'ring

Bir daqiqada ulanadi va birinchi raqamlar darhol ko'rinadi. Yoqmasa — istalgan vaqtda uzasiz.

Bepul boshlash